
Uning bir o‘zi “Real”ning ikki yulduzi o‘rnini bosadi
Myonxengladbaxning “Borussiya”sida barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan Florian Noyxaus tez orada “Real”ga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.
“Qirollik klubi” 23 yoshli germaniyalik yarim himoyachini uning vatandoshi Toni Kroos va xorvatiyalik “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich o‘rnida o‘ynatmoqchi. Bu ikki futbolchining yoshi o‘tib qolmoqda va uzoq muddat jamoada qolishi so‘roq ostida turibdi.
Noyxausning bugungi kundagi narxi 30 million evroga baholanayotgani unga bo‘lgan qiziqishlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. “Real”dan tashqari Bundesliga grandi “Bavariya” ham iste’dodli yarim himoyachini Germaniyada olib qolmoqchi.
Fikrlar