
Umtiti yozda "Arsenal"ga o‘tishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun Londonning "Arsenal" klubi asosiy da’vogar hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, uning transfer narxi 70 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Umtitiga shuningdek “Manchester Yunayted”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Umtitini 2016 yil “Lion”dan 25 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U joriy mavsum 10ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar