
Umtiti "Barselona"dan ketmaydi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti jamoasini o‘zgartirmaydi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi o‘zi ishtirok etgan tok shoularning birida “Barselona”da qolasizmi degan savolga “ha” deb javob bergan. Eslatbi o‘tish lozimki, bundan avvalroq Umtiti asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib borayotgani sabab yozda boshqa jamoaga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsumning asosiy qismini jarohati sabab o‘tkazib yubordi va hozircha bor yo‘g‘i 10ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar