Umrim bino bo‘lib bunaqasini ko‘rmaganman: Zidan yangi era uchun qahramon topib berdi

  • 29 may, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik futbol afsonasi Zinedin Zidan futbolchi va murabbiy sifatida “Real”da katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, madridliklarning ashaddiy raqibi – “Barselona” o‘yinchisi Lamin Yamalning iqdorini juda yuqori baholadi.

Tecno

- Lamin Yamalning o‘yinlarini kuzatib, masalan, “Inter”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limini tomosha qilib, hayratga tushdim. Umrim bino bo‘lib bunaqasini ko‘rmaganman. Bu jarayonni nazorat qilish va mahoratning yorqin namunasi edi...

Uning o‘yini naqadar etuk va mukammal ekanini tomosha qilish menga juda katta huzur bag‘ishladi. Aynan mana shunday xususiyatlari uchun Yamal yosh avlodning haqiqiy ilhomchisi hisoblanadi. Har bir davrning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Lamin hozirgi era yulduzi, - dedi Zinedin Zidan.

Lamin Yamal bu mavsum “Barselona” safida barcha turnirlarda 55 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 25 ta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!