
Umida Omonova rapid shaxmat bo‘yicha jahon chempioni!
6-8 iyun kunlari Gruziyaning Batumi shahrida rapid shahmat bo‘yicha Jahon kadetlar va yoshlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, 11 turda 10 ochko jamg‘argan o‘zbekistonlik WFM Umida Omonova 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar guruhida ishtirok etgan Sobirova Mumtozbegim 8 ochko jamg‘arib, "World Cadet & Youth Rapid Championships 2023" musobaqasining kumush medali sovrindori bo‘ldi.
Fikrlar