Ulug‘bek Baqoev "Paxtakor" bilan durangdan keyin nimalar dedi?

  • 19 iyun, 2021, 22:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Amaldagi chempion "Paxtakor"ning kuchi qay darajada ekanlini bilardik. Ularga qarshi ochiq futbol namoyish etish juda qiyin. Ularning qanotlari faol shuning uchun, himoyadan o‘ynashga qaror qildik. Menimcha, durang yomon natija bo‘lmadi. Endi ishlashda davom etib, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

G‘alaba uchun maydonga tushgandik. Lekin doim ham o‘yin siz biz kutgandek bo‘lavermaydi. Bungacha bo‘lib o‘tgan 9 o‘yinda gol ura olgandik. Ammo bugun raqib bizni yaxshi o‘rgangani sezildi. Baribir biz yaxshi natija qayd etdik.

Shoxruz Norxonov yaqindagina Saudiyadan qaytib keldi. Biz uni deyarli 1 oydan beri ko‘rmadik. Shu sababli, uning hozirgi holatidan xabardor emasdik. To‘g‘risini aytsam, amaldagi chempiondan 1 ochko olganimizdan xursanman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!