Ulug‘bek Baqoev: Nima bo‘lgan taqdirda ham, ochko olishga erishdik

  • 8 aprel, 2021, 20:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev ishtirok etdi. 

Tecno

"Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Qanchadan-qancha vaziyatlar bo‘ldi. Foydalana olmadik. Ammo bu futbol. Nima bo‘lgan taqdirda ham, ochko olishga erishdik. "Bunyodkor" ham ochkoga loyiq harakat qildi. 

"Bunyodkor" uyda o‘ynayapti. Shuning uchun, ular hujumda o‘ynashi tabiiy. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘lgandi. Biroq, ulardan foydalana olmadik. 

Yangi futbolchilarni doim izlaymiz. Biz ham yangi futbolchilar bilan tarkibimizni kuchaytirishni xoylaymiz", - dedi Baqoev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!