
Ulug‘bek Baqoev: «Andijon» himoyada harakat qilishimiz kerak bo‘lgan jamoa emas
«Ikkita o‘yinda erishgan ajoyib g‘alabalardan so‘ng bugungi bahsda o‘zimiz xohlagan natijani qo‘lga kirita olmadik. Bu – futbol. Doimiy tarzda g‘alaba qozonish imkonsiz. Yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rib, kelgusi o‘yinlarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
«So‘g‘diyona» «avtobus» taktikasida o‘ynamaydi. Biz ikkita hujumchi bilan harakat qilyapmiz. Faqat gol urgach, natijani saqlab qolish uchun bitta hujumchi bilan o‘ynayapmiz. «Andijon» himoyada harakat qilishimiz kerak bo‘lgan jamoa emas.
Hakamlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. O‘yin vaqtida emotsiyalar avjidaligi uchun shunday tuyilgan bo‘lishi mumkin. Ammo ularga rahmat aytaman.
Sahob Rashidov o‘rinbosarlar tarkibida o‘zini ko‘rsatmoqda. Unga va boshqa futbolchilarga iloji boricha ko‘proq imkoniyat berishga harakat qilamiz.
Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira oldi. Biz ular maydonga tushgach, gol urdik. Bahs oxirida konsentratsiyani yo‘qotganimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilardan minnatdorman».
Fikrlar