Ular “Siti”da o‘ynashga yaramadi
Xosep Gvardiola bugungi kunda “Manchester Siti”ni eng qudratli jamoalardan biriga aylantirgan. Bu jamoa jahon futbolida eng qimmat tarkibga ega.
Biroq “shaharliklar” o‘yinchi tanlashda xatoga yo‘l qo‘ygan vaziyatlar ham ko‘p bo‘lgan.
FourFourTwo portali ekspertlari “shaharliklar”ning eng omadsiz transfer reytingini tuzib chiqdi.
“Manchester Siti” tarixidagi eng rasvosi Elyakim Mangalaning transferi ekani ta’kidlandi. Keyingi o‘rinlarda Vilfrid Boni hamda Jeku Roduell qayd etilgan.
Turli mavsumlarda Manchesterga kelgan Benjani Mvaruvari, Jo, Benjamen Mendi, Martin Demikelis, Roke Santa-Krus, Georgios Samaras va Jerom Boateng transferlari ham “shaharliklar”ga umuman foyda keltirmagan.



Fikrlar