
Ular MYuga yordam berolmaydi!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher Chempionlar ligasining “Leyptsig”ga qarshi o‘tkaziladigan keyingi o‘yini oldidan qiyin ahvolda tushib qoldi. Angliya chempionatining navbatdagi turida “Vest Xem”ga qarshi uchrashuv davomida bosh murabbiy ikki hujumchi Antoni Marsyal va Edinson Kavanini zaxiraga olgan edi.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar buning izohini so‘radi.
- Afsuski, bu o‘zgarishlarning sababi jarohat bilan bog‘liq bo‘ldi. Keyingi paytda futbolchilarning mushaklari ko‘p shikastlanyapti. Bu jiddiy muammo bo‘lmasligiga umid qilaman, - dedi Sulsher.
Keyingi paytda ko‘p murabbiylar milliy chempionat va xalqaro miqyosdagi o‘yinlar tig‘iz taqvimda o‘tkazilayotgani futbolchilarning tez jarohatlanishiga olib kelayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Fikrlar