
Ular hali yomon pushaymon bo‘ladi!
KPR jamoasi hujumchisi Charli Ostinning aytishicha, “Arsenal” va “Tottenxem” rahbarlari “Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan Kurt Zumani yozda o‘z safiga qo‘shib olmagani uchun qattiq pushaymon qiladi.
Zuma bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘l ostida “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kira olmay qolganidan keyin o‘tgan yoz “aristokratlar” safini tark etdi. Yuqorida nomi keltirilgan klublar frantsiyalik himoyachi bilan hamkorlik qilishni istamadi.
Kurt “Vest Xem”ga o‘tdi. Ayni paytda bu jamoa premer-ligada to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishni maqsad qilgan.
Mutaxassislar “Vest Xem”ning muvaffaqiyatlarida Kurt Zumaning ham hissasi katta ekanini ta’kidlashmoqda. Bu futbolchi o‘zi o‘ynagan 15 ta uchrashuvdan 11 tasini boshlang‘ich tarkibda boshladi.
- Hozir boshqa klublar Zumaga qarab, bu o‘yinchini olishimiz kerak edi, deb o‘tirgan. Ular orasida “Tottenxem” va “Arsenal” ham bor. “Chelsi” o‘zida undan ham yaxshi o‘yinchilar borligi uchungina Zumani qo‘yib yubordi, - deydi Charli Ostin.
Fikrlar