
Ukrainaning 2-raketkasi antidoping qoidabuzarlik uchun diskvalifikatsiya qilindi
Ukrainalik tennischi Dayana Yastremskaya antidoping qoidabuzarligi uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda ITF rasmiy sayti xabar berdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Dayananing 2020 yil 24 noyabr kuni topshirgan doping-sinamasidan taqiqlangan mesterolon metabolitlari aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Yastremskaya WTA reytingida 29-pog‘onani egallab turibdi. U faoliyati davomida 3 WTA, 3 ITF turnirida yakkalikda va 3 ITF turnirda juftlikda g‘olib bo‘lgan.
Fikrlar