
Ukraina kichik kambek amalga oshirib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
"Evro-2024"ning ikkinchi turidan o‘rin olgan Slovakiya - Ukraina uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Rebrov shogirdlari g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, Shrants hisobni ochgan bo‘lsa, Shaparenko imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Ikkinchi taym so‘nggida esa Yaremchuk jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, ukrainlar ikkinchi turda uch ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, slovakiyaliklar ochkosiz qoldi.
Fikrlar