
Ukraina futbol assotsiatsiyasi Rossiyani FIFA va UEFAdan chiqarib yuborishlarini talab qilmoqda
Ukraina futbol assotsiatsiyasi FIFA va UEFAga murojaat qilib, Rossiyani Qrim klublari tufayli chetlatishni talab qildi.
Tashkilot veb-saytida berilgan bayonotda, Ukraina futbol assotsiatsiyasi Rossiyaning so‘nggi harakatlari yuzasidan FIFA va UEFA bilan bog‘langani aytiladi.
“Rossiya rasmiylarining Qrim klublarini Rossiyadagi musobaqalarga jalb etish istagi Ukraina futbol assotsiatsiyasining e’tiboridan chetda qolmadi. So‘nggi olti oy ichida UAF bunday tashabbuslarga bir necha bor javob qaytardi va FIFA prezidenti Janni Infantino va UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinga yo‘llagan rasmiy xatlarida o‘z pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.
Yaqinda ochiq manbalar Qrimning “Sevastopol” klubi Rossiya Ikkinchi Ligasida ishtirok etish uchun sertifikat olgani haqida xabar berdi. Shuningdek, Rossiya rasmiylari o‘z musobaqalariga Qrimdan boshqa jamoalar – “TSK-Tavriya”, “Rubin” va “Okean”ni ham jalb qilishni rejalashtirayotgani qayd etilgan.
Bunday harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, aslida FIFA va UEFAning pozitsiyasi va qarorlarini mensimaslikdan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan UAF ushbu jarayonni FIFA va UEFAda ko‘rib chiqish, kelajakda bu jarayon rivojlanishining oldini olish choralarini ko‘rish va imkoniyatlar izlashni talab qilmoqda.
Shuningdek, biz FIFA va UEFAga jahon va Evropa futboli boshqaruv organlarining nizomlari va qadriyatlari talablariga rioya etmaganligi sababli RFUni FIFA va UEFA a’zoligidan mahrum qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish iltimosi bilan murojaat qilamiz", - deb yozadi UAF iyun oyida FIFA va UEFAga yuborgan maktubidan.
Fikrlar