UFCning yangi yulduzi Xoakin Baklini sparring raqibi va yaqin do‘sti o‘zbek o‘g‘loni ekanligini bilasizmi? (Video)

  • 13 oktabr, 2020, 15:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

11 oktyabr tongida start olgan “UFC Fight Island 5” turniri bir-biridan qiziq janglarni, ajoyib nokautlarni taqdim etdi. Jumladan, o‘rta vazn toifasida o‘z jangini o‘tkazgan Xoakin Bakli super nokaut bilan Impa Kasanganayni mag‘lub etgandi. Ushbu nokaut evaziga Bakli bonusni ham qo‘lga kiritdi. Bakli uchun bu UFC promoushenidagi ikkinchi jangi bo‘lib, dastlabkisida Kevin Xollandga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bir kunda olamshumul mashhurlikka erishgan ushbu jangchi, avval “Shamrok FC”, “Bellator”, LFA kabi promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkazgan. U faoliyati mobaynida 14 ta jang o‘tkazib, 11 bora g‘alaba qozongan va uch marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Tecno

72291046_430688900901481_8417000126844748206_n

Albatta, ushbu jangchi haqida so‘z yuritishimizning o‘z sababi bor. Aniqroq qilib aytganda, Baklining ushbu jangga tayyorgarlik jarayonida o‘zbek o‘g‘loni yaqindan yordam bergan. Ya’ni, asli surxondaryolik bo‘lgan hozirda oilaviy tarzda AQShda istiqomat qiladigan Murodbek “Alpomish” Choriev Xoakin Baklini yaqin do‘sti hisoblanadi. Murodbek ham havaskor MMA yo‘nalishida 7 ta jang o‘tkazib, 6 bor g‘alaba qozongan. So‘nggi jangida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Okean ortida Maks Choriev nomi bilan ham mashhur bo‘lgan o‘zbek o‘g‘loni “Shamrok FC” promoushenida faoliyat yuritadi.

Xullas, Missuri shtatida istiqomat qiladigan har ikki jangchi birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Biz Murodbek Choriev bilan bog‘lanib, u haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.


"U nafaqat yaxshi jangchi, balki ajoyib insondir. Yaqin do‘stmiz. Ko‘p vaqtimiz birga o‘tadi. U ham men faoliyat yuritadigan “Shamrok FC” promoushenidan chiqqan. Uning kuchli jihati “stoyka”da, desam bo‘ladi. Chunki, u boksda tarbiya topgan. Unda o‘ziga yarasha iqtidor bor va juda chidamli. UFCdagi ilk jangida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, o‘z ustida qattiq ishladi. Nasib qilsa, yaxshi natijalar qayd eta oladi. U bilan ushbu jang oldidan tabiiyki birga ishladik. Unda ishtiyoq yuqori edi. Qolaversa, bu safargi mag‘lubiyat unga bo‘lgan ishonchni so‘ndirardi. Buni to‘g‘ri tushundi va mehnatdan qochmadi. Shukrki, g‘alabaga erishdi. Ustiga-ustak super nokaut qayd etdi. Mening jang olib borish uslubim kurashga asoslanganligi uchun unga “parter”da ishlash uchun biroz yordam berdim. Shuni ayta olamanki, u barchasiga o‘zining mehnati orqali erishdi", - dedi Choriev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!