
UFC yana bir kuchli jangchi bilan shartnomani yangiladi
Yarim og‘ir vazn toifasidagi UFC janchisi Magomed Ankalaev promoushen bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda jangchining menejeri Ali Abdel-Aziz xabar berdi.
“Ankalaev UFC bilan yangi shartnoma imzoladi. Jangchi bundan xursand. U chempionlik jangiga loyiq”, - dedi menejer ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Magomed UFC da 10 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang natija qayd etgan.
Fikrlar