UFC reytingida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

  • 18 sentabr, 2024, 16:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

14 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shaxrida UFCning navbatdagi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

"UFC 306" turniridan so‘ng promoushen reytingida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Las-Vegasdagi musobaqada Brayan Ortega (26-6) ustidan g‘alaba qozongan Diego Lopes (16-4-1 N/C) yarim engil vazn toifasi reytingida 3 o‘ringa ko‘tarildi va mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Movsar Evloev(18-0)dan o‘zib ketdi. "UFC 306" turnirida Shon O'Melli(18-2-1 N/C)ni engib, chempionlikni qo‘lga kiritgan gruziyalik Merab Dvalishvili(18-4) esa P4P reytingida paydo bo‘ldi. Ayni paytda Merab 7 o‘rinni egallab turibdi.

Malumot uchun, Islam Maxachev, Aleks Pereyra va Jon Jons P4P reytingining yuqori uch o‘rnini band etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!