UFC prezidenti qaysi jangchilarni yoqtirishini aytdi

  • 19 iyul, 2024, 08:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurash bo‘yicha barcha davrlardagi eng sevimli jangchilari haqidagi savolga javob berdi. Uaytning ta’kidlashicha, gap eng kuchli jangchilar haqida emas, balki eng sevimlilari haqida ketmoqda.

Tecno

“Bu, albatta, Chak Liddell va Ronda Rouzi. Ronda men bilan birga ishlagan eng buyuk sportchi. Konor Makgregor bilan ham yaxshi ishladik. Rondaga kelsak, u haqida hamma narsa menga yoqadi. U hech qachon “yo‘q” demaydi va diviziondagi barcha boshqa ayol jangchilar unga o‘xshashga harakat qilishadi”, - dedi Uayt Shaq YouTube kanalidagi The Big Podcast dasturida.

Avvalroq Dana Uayt braziliyalik Aleks Pereyra va amerikalik Jon Jons o‘rtasida jang tashkil qilish ehtimoli haqidagi savolga javob bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!