UFC Hamzat Chimaev va Neyt Dias jangini tasdiqladi (foto)
UFC o‘zining navbatdagi 279-turnirida super jang o‘tkazilishini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 11 sentyabr kuni Nevada shtatida bo‘lib o‘tadigan kechada asli chechenistonlik Hamzat Chimaev va AQSh vakili Neyt Dias jang qiladi. Chimaev so‘nggi bor aprel oyida o‘tkazilgan UFC 273 turnirida oktagonga ko‘ratilgan va braziliyalik sobiq chempion Gilbert Byornsni mag‘lub etgandi. Hozircha, Hamzat engilmasligicha qolmoqda.
Dias 2021 yilning iyulidan beri jang qilmadi. U oxirgi marta UFC 263 doirasida Leon Edvardsga imkoniyatni boy bergan. Neytning statistikasi 23 g‘alaba va 13 mag‘lubiyatdan iborat.




Fikrlar