"UFC Fight Night 171" turniri natijalari bilan tanishing!

  • 14 may, 2020, 11:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jeksonvill shahrida "UFC Fight Night 171" turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur jang kechasining asosiy voqeasi yarim og‘ir vazn toifasi vakillari braziliyalik Glover Teysheyra (31-7) hamda amerikalik Entoni Smit (33-15) o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ldi. Ushbu qarama-qarshilikda braziliyalik jangchi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Qolgan natijalar esa, quyidagicha ko‘rinish oldi.

Tecno

Asosiy kard

Ben Rotvell (38-12) & Ovins Sent Pryu (24-14)- hakamlar qaroriga muvofiq Rotvell g‘alaba qozondi.

Dryu Dober (23-9) & Aleksandr Ernandes (11-3) – 2-raundda Dober texnik nokaut evaziga g‘olib chiqdi.

 Riki Simon (16-3) & Rey Borg (13-5) -  hakamlarning alohida chiqargan qarorlariga ko‘ra, Simon zafar quchdi.

Prelim

 Andrey Orlovskiy (29-19) & Filipe Lins (14-4)- hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Orlovskiy g‘alabaga erishdi.

 Tiago Moyses (13-4) & Maykl Jonson (19-16) – ikkinchi raundda Moyses og‘riqli usul evaziga muvaffaqiyat qozondi.

 Sidjara Yubenks (5-4) & Sara Moras (6-6)- hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Yubenks zafar quchdi.

 Omar Morales (10-0) & Gabriel Benites (21-8) – hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga muvofiq Morales g‘olib chiqdi.

 Brayan Kellexer (21-10) - Xanter Azur (8-1) – 2- raundda nokaut bilan Kellexer navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.  

Cheyz Sherman ( 15-6) & Isaak  Villyanueva ( 16-10) – 2-raundda Sherman texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!