UFC da chempion bo‘la oladigan Bellator jangchisi kim? Islom Maxachev javob berdi

  • 13 avgust, 2024, 16:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida (70 kg) amaldagi chempion rossiyalik Islom Maxachev UFC chempioni bo‘lishga qodir Bellator jangchisi nomini aytdi.

Tecno

“To‘g‘risini aytsam, Usmon Nurmagomedovning salohiyati yaxshi, chunki u biz bilan birga o‘sgan va Xabib bilan ko‘p sparring o‘tkazgan. Endi u mening sparring sherigim. Usmon yosh paytida ham u bilan jang qilishga qiynalardik...Menimcha, u Bellator dan UFC ga o‘tsa, chempion bo‘la oladi”, — deya Maxachevning so‘zlarini keltirdi Bloody Elbows portali.

Eslatib o‘tamiz, iyunda Maxachev(26-1) AQSh vakili Dastin Pore(30-9-1 N/C) bilan jang qilgan va unda rossiyalik beshinchi raundda g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!