
UFC Avstraliyadagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun qancha miqdorda xayriya qilganini bilasizmi?
UFC prezidenti Dana Uayt Endeavor va boshqa sherik kompaniyalar bilan birgalikda xalqaro "Qizil Xoch” tashkilotiga Avstraliyadagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun yordam tariqasida 250 ming dollar xayriya qildi.
"Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli juda katta inqiroz yuzaga keldi. Ular bizning yordamimizga muhtoj. Iltimos, yordam ko‘rsatish ishlarida UFC ga qo‘shiling ", - deb yozdi Uayt Instagram dagi sahifasida.
Fikrlar