UFC 245 turnirida qanday natijalar qayd etildi yoxud Kovington AQSh prezidentiga bergan va’dasini bajara oldimi?

  • 15 dekabr, 2019, 13:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun tongda Las-Vegasdagi T-Mobile Arenada UFC 245 turniri o‘z yakuniga etdi. Markaziy jangda yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmon (15-1)  da’vogar Kolbi Kovingtonga (15-1) qarshi birinchi marta himoya jangida oktagonga ko‘tarildi va uni nokautga uchratdi. Qizig‘i, jang avvalida Kolbi Kovington AQSh prezidenti Donald Trampga ushbu chempionlik kamarini Usmandan tortib olishga va unga tuhfa etishga va’da bergandi. Yana bir o‘ziga xos kutilmagan natija chempion Maks Xolloueyning Aleksandr Volkanovskidan mag‘lubiyatga uchrashi bo‘ldi. Shu va boshqa janglar natijasi borasida quyida tanishishingiz mumkin!

Tecno

Asosiy janglar:

Kamaru Usman - Kolbi Kovington: Kamaru Usman texnik nokautga uchratdi.

Maks Xollouey - Aleksandr Volkanovski: Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Volkanovski g‘alaba qozondi.

Amanda Nunes - Jermeyn De Randami:Hakamlar qaroriga muvofiq Nunesga g‘olib chiqdi.

Joze Aldo - Marlon Moraes: Moraes hakamlarning alohida qaroriga muvofiq zafar quchdi.

Petr Yan - Yuraya Feyber: Yan raqibini nokautga uchratdi.

Prelim:

Jeff Nil - Mayk Perri: Nil Texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Iren Aldana - Ketlin Viera: Aldana nokaut evaziga g‘olib chiqdi.

Omari Axmedov - Yen Xeynish:Axmedov hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq zafar quchdi.

Mett Braun - Ben Sonders: Braun nokaut bilan g‘alaba qozondi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!