
"Ufa" rasmiy sahifasi "Spartak"ni "troll qildi"
"Spartak" klubi portugaliyalik mutaxassis Ruy Vitoriyani iste’foga chiqardi.
"Ufa" matbuot xizmati bunga rasmiy "Tvitter" sahifasiga hazilona munosabat bildirdi. Boshqidistonliklar Vitoriyaga shartnoma bekor qilinganligi uchun tovon pulini darhol olishni maslahat berdi:
"Tovon pulini darhol oling",-deya Vitoriyada murojaat qildi "Ufa" rasmiy sahifasi.
Ma’lumot uchun, bu harakat bilan ular "Spartak" bosh direktori lavozimida ishlagan Shamil Gazizov bilan yuzaga kelgan voqeaga ishora qildi. Gap shundaki, moskvaliklar mutaxassisni ishdan bo‘shatganidan so‘ng unga tovon pulini to‘liq to‘lamaganligi xabar berilgandi.
Fikrlar