
"Ufa" "Krasnodar" futbolchisini sotib oldi
"Ufa" klubi "Krasnodara" yarim himoyachisi Artyom Golubevni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, boshqirdistonliklar 21 yoshli futbolchining transfer huquqini sotib olish imkoniyatidan foydalanishgan va 2023 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Hozircha transfer narxi e’lon qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, “Ufa” Golubevni o‘tgan yilning yozida “Krasnodar”dan ijaraga olgan edi. U joriy mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar