
Uels JChdan keyin milliy terma jamoa nomini o‘zgartirmoqchi
Uels Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng futbol bo‘yicha milliy terma jamoasining nomini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi, deb xabar beradi "The Sun" nashri.
Hozirda FIFA va UEFA shafeligidagi turnirlarda Uels inglizcha Wales so‘zi ostida o‘ynaydi. Biroq mahalliy futbol federatsiyasi jamoa nomini Cymru'ga o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Cymru (talaffuzi Kamri) Uelsning mamlakat tilidagi nomi bo‘lib, u allaqachon Uels futbol federatsiyasi tomonidan ichki va tashqi aloqalarda, shuningdek, boshqaruv kengashi shtab-kvartirasi xodimlari tomonidan qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Uels terma jamoasi JCh-2022da "B" guruhida Angliya, AQSh va Eronga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar