
Uels darvozaboni ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar "yomg‘iri" ostida qoldi
Futbol bo‘yicha Uels terma jamaosi darvozaboni Denni Uord muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Bu haqda "Championat.com" nashri xabar berdi.
8 oktyabr kuni jahon chempionati saralash doirasida bo‘lib o‘tgan Chexiya – Uels o‘yinining 49-daqiqasida uelsliklar darvozaboni Denni Uord o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar futbolchi tanqid qilinmoqda.
"Uordning avtogoli juda kulgili va rasvo edi",— deb yozadi muxlislardan biri ijtimoiy tarmoq sahifasida.
"Bunday xato uchun uni terma jamoadan haydash kerak",— qo‘shimcha qildi boshqa bir muxlis.
"Bu oqshom Denni raqib jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi",— deya munosabat bildirdi yana bir ixlosmand,
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv 2:2 hisobida yakuniga etdi. Ushbu natijadan so‘ng mazkur jamoalar Belgiyadan 8 ochko kamroq to‘plagan holda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Ammo Uels Chexiya va Belgiyadan bitta kam o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar