
Uels – Xorvatiya uchrashuvida "Real"ning ikki yulduzi jarohat olishdi
Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Uels – Xorvatiya (1:1) bellashuvida "Real" yarim himoyachilari Luka Modrich va Garet Beyl jarohat olishdi.
Modrich raqib hujumini to‘xtatishga urindi va Xarri Uilsonga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Ushbu vaziyatda xorvatiyalik futbolchining o‘zi jarohat oldi. Modrich maydonni tark etarkan, u o‘ng oyog‘ida qadam tashlay olmadi. Bahsning 90-daqiqasida uning o‘rniga Milan Badel maydonga tushirildi.
Beyl ham jarohat oldi. U o‘yin oxirigacha maydonda harakat qilishga majbur bo‘ldi. Sababi, Uels bosh murabbiyi Rayan Giggz 3 ta o‘zgartirishni amalga oshirib bo‘lgan edi. Ushbu bellashuvda Beyl gol urishga ham erishdi.
Fikrlar