Uelbek uchun kurashda "Everton" favorit
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Denni Uelbek tez orada jamoani tark etadi. Boisi, uning "kanonirlar" bilan imzolagan shartnomasi 30 iyunda o‘z nihoyasiga etadi.
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli angliyalik futbolchiga "Vest Xem", "Nyukasl", "Kristal Pelas" hamda "Everton" kabi bir qator APL klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Biroq, Uelbek uchun kurashda “irischilar”ning imkoniyati nisbatan yuqoriroq baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Uelbek 2018 yilning noyabrida tovonidan jiddiy jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Shu bois u yakunlangan mavsum bor yo‘g‘i 15ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.



Fikrlar