UEFA vakili O‘zbekistonda. U 20 kun futbolimizdagi vaziyatni o‘rganadi (Foto)

  • 29 oktabr, 2020, 18:06
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi UEFA bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygandi. Mana shu hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Tashrif davomida UEFA vakili O‘zbekistondagi hududiy futbol assotsiatsiyalarining har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha o‘rganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktor lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar bo‘yicha ma’lumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.

Bugun kunning birinchi yarmida Rojer Meyxri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo‘ldi. O‘FA rahbariyati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda UEFA bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.

UEFA konsultanti O‘zbekistonda deyarli 20 kun davomida mamlakatimizning barcha viloyatlarida bo‘lib, joylardagi futbol bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqish hamda o‘z xulosa va takliflarini taqdim etishni reja qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
29/10/2020 20:23
Насафга Осиё Чемпионлар чикишига йулланма беришга ёрдам берса яхши буларди
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/10/2020 19:12
Uyinlarni ham kursatish kerak.va undan keyin usha uyinga qanday qaror chiqarilgani va boshqa malumotlarni ham kursatish kerak. Oddiy misol bugun Bizning fudbol kurdim. Refi taymga Metalurk Nasaf uyiniga tuhtalmadi ham. bulmasa qancha mamentka sudiya adashdi va Komoliddin tojiev qanaqa qupol uynadi bulmasa. Nomigagena tuhtaldi. boshqa uyinlarga. lekin eng Qupol hattolarga yul quygan sudiyaga chora kurilmadi ham. qisqasi. Sayt hodimlari agar sela muhlisla uchun ishlasangla kutamiz. seladan endi. Mutahasisla bilan Savol javob qilishlarizni