UEFA Superkubogi. "Bavariya" - "Sevilya": Matnli translyatsiya

  • 25 sentabr, 2020, 00:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

YaNGILASh

Tecno

119: Serxio Eskudero sariq kartochka ishlab oldi.

115: Levandovskining yana bir zarbasi noaniq chiqdi.

112: Alaba Boatengga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

111: "Bavariya"ning burchak uzatmasini Bunu qaytarib yubordi.

107: Eskuderoning zarbasi noaniq ketdi. Jarima maydoni ichida uni ko‘zdan qochirishdi.

106: Ikkinchi over-taym start oldi.

105: Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisi yakuniga etdi.

105+: Birinchi ekstra taymga 1 daqiqa qo‘shib berildi.

104: GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Alabaning zarbasini qaytargan Bunu Xavi Martinesning bosh bilan yo‘llagan to‘pini ushlab qola olmadi.

102: Tolissoning zarbasini Bunu qaytardi.

101: Lyuka Ernandes o‘rniga esa Alfonso Devis maydonga tushirildi.

99: Leon Goretska o‘rniga Xavi Martines maydonga tushdi.

97: Andalusiyaliklar to‘pni nazorat qilishga harakat qilishmoqda.

94: Jordan o‘rniga Vaskes maydonga tushmoqda.

94: Alabaning jarimadan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi.

92: En-Neserining zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

91: Jordanning zarbasini Zyule muvaffaqiyatli blokladi.

91: Birinchi ekstra taym boshlandi.

90: Uchrashuv asosiy vaqti yakunlandi. Ekstra taymlar ko‘ramiz.

90+: Levandovski hujumda qoidani buzdi.

90: Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi.

89: En-Neseri maydon markazidan oldinga chiqib ketgan Noyerni ojiz qoldirmoqchi bo‘ldi. Ammo zarba o‘xshamadi.

87: Noyer birga-bir vaziyatga chiqib borgan En-Neserining zarbasini qaytarib qoldi.

85: "Sevilya" penaltilar seriyasiga qarshi emas.

82: Jamoalar, asosan, maydon markazida o‘ynamoqda.

78: Myullerning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Ammo to‘p darvozaga tushmadi.

76: Levandovski Gnabri uzatgan to‘pga ko‘ngildagidek zarba bera olmadi.

75: Zyulening bosh bilan bergan zarbasini himoyachilar bir amallab uzoqlashtirib yubordi.

72: Gudel Suso o‘rniga maydonga tushdi.

71: Sane o‘rniga Tolisso maydonga tushirildi.

69: Fernando Saneni ochiqchasiga ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

66: "Bavariya"ning jarima zarbasi besamar ketdi.

63: Sanening golini ham hakamlar bekor qildi. Hujum davomida himoyachilardan biriga nisbatan qoida buzildi.

58: Bunu yaxshi seyv amalga oshirdi. Sanening takroriy zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

56: Rakitich va de Yong o‘rniga Torres va En-Neseri maydonga tushdi.

56: Kundega sariq kartochka.

55: Sanening aylanma zarbasi noaniq ketdi.

51: Levandovskining goli ofsayd sabab bekor qilindi.

49: Ispanlar pressingda yaxshi harakat qilmoqda.

46: Ikkinchi taym boshlandi.

45: Tanaffus.

45+: Jordan sariq kartochka ishlab oldi.

45+: Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.

42: "Sevilya"ning yana bir hujumi besamar yakunlandi.

38: "Sevilya" endi oldinga borishga majbur bo‘lmoqda. Bu "Bavariya" uchun bo‘shliqlar yaratishi mumkin.

35: Lyuk de Yongning darhol qaytargan javob goli inobatga olinmaydi. Ofsayd.

34: GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! "Bavariya" hisobni tenglashtirdi. Goretska Levandovski tashlab bergan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

31: Jarima maydonchasiga uzatilgan navbatdagi to‘p ham Bunu tomonidan egallab olindi.

29: Sanening zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi.

28: En-Nesiriga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

27: Pavarning zarbasi salgina noaniq ketdi. Jamoaloshlari uni qulay pozitsiyaga olib chiqa olgandi.

25: "Sevilya" hozircha himoyada tartibli o‘ynamoqda.

22: "Bavariya" birin-ketin o‘ta xavfli vaziyatlar yarata boshlayapti.

20: Zyulening bosh bilan bergan zarbasi Lyuk de Yongning boshiga tegib maydonni tark etdi.

18: Levandovski va Gnabri ofsaydda qolib ketdi. 

16: Gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng "Bavariya" yanada faollashdi.

13: GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Okampos penaltidan aniq foydalandi.

12: Alabaga sariq kartochka.

11: Rakitich penalti ishladi. 

7: "Sevilya" to‘pga egalik qilish orqali xotirjamlikni saqlab turmoqchi bo‘lyapti.

4: Kutilganidek "Bavariya" dastlabki daqiqalardan faol.

1: O‘yin boshlandi.

23:58: Jamoalar maydonga tushib kelib ulgurishdi.

23:56: UEFA Superkubogi bahsiga xush kelibsiz!

23:55: Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!