
UEFA Ruminiyaga qarshi o‘yinga kelmagani uchun Norvegiyaga texnik mag‘lubiyat yozdi
Norvegiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan Ruminiyaga qarshi o‘yinga etib kelmadi va shu bois uchrashuv o‘tkazilmadi.
Gap shundaki, Norvegiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi tufayli terma jamoaga xorijga chiqishni taqiqlagan. UEFA tartib-intizom qo‘mitasi Ruminiyaga qarshi o‘yinga kelmagani uchun Norvegiya terma jamoasiga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Endi Norvegiya futbol federatsiyasi besh kun ichida UEFAdan nimaga asoslanib bunday qaror chiqarganini talab qilishi mumkin. Shundan keyin ish apellyatsiyaga beriladi.
Fikrlar