
UEFA rossiyalik hakamlarni ham evrokuboklardan chetlatdi
UEFA hozircha o‘z shafeligida o‘tadigan evrokubok o‘yinlariga rossiyalik hakamlarni tayinlamaslikka qaror qildi.
“R-Sport” xabariga ko‘ra, dastlab diskvalifikatsiya faqat Rossiya klublariga nisbatan qo‘llanilgan, ammo hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda, sanktsiyalar hali evrokubok o‘yinlariga tayinlanmagan rossiyalik hakamlarga ham ta’sir qiladi. UEFA endi rossiyalik hakamlar uchun xorijga chiqish juda qiyin bo‘lishini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval UEFA va FIFA Rossiya terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.
Fikrlar