
UEFA Ronaldu uchun "Yil terma jamoasi" taktik sxemasini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi
Daily Mail nashrining yozishicha UEFAning “Yil terma jamoasi”da dastlab "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu kiritilmagan.
Biroq, so‘nggi daqiqalarda UEFA vakillari 34 yoshli portugaliyalik yulduzni tarkibga kiritish uchun jamoa taktik sxemasini 4-3-3 dan 4-2-4 ga o‘zgartirishgan.
Aytish kerakki Ronaldu ovoz berish jarayonida Lionel Messi, Robert Levandovski va Sadio Mane kabi hujumchilarga imkoniyatni boy bergan. Biroq, yakunda UEFA "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kanteni “qurbon” qilib, Ronalduni to‘rtinchi hujumchi sifatida kiritdi.
Fikrlar