UEFA Madrid klubini jarimaga tortdi
UEFA Chempionlar ligasining "Arsenal"ga qarshi safar o‘yinida jamoa muxlislari tomonidan yo‘l qo‘yilgan noxushliklar ortidan Madridning "Atletiko" klubiga nisbatan sanktsiyalar e’lon qildi. Qaror tashkilotning Nazorat-intizom va axloq komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klub ayrim muxlislarning irqchilik va kamsituvchi xatti-harakatlarida ayblanmoqda. "Atletiko" 30 ming evro jarimaga tortildi, shuningdek, EChLning bir o‘yini uchun mehmon chiptalarini sotish shartli ravishda taqiqlandi. Jazo bir yil davomida amal qiladi: agar bunday epizodlar takrorlansa, sanktsiya avtomatik ravishda kuchga kiradi. Bundan tashqari, klub maydonga buyumlar uloqtirgani uchun yana 10 ming evro jarimaga tortildi.
Ogohlantirishga qaramay, muxlislar 9 dekabr kuni PSV va 21 yanvar kuni "Galatasaroy" mehmoni bo‘lish uchun jamoani qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Biroq, har qanday yangi qoidabuzarlik sanktsiyaning to‘liq bajarilishiga olib keladi.



Fikrlar