UEFA "Gazprom" bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin

  • 25 fevral, 2022, 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur sport sharhlovchisi va blogger Vasiliy Utkin UEFA va “Gazprom” o‘rtasidagi munosabatlarning qanday rivojlanishi mumkinligi haqida taxmin qildi. Uning fikricha, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik tez orada tugaydi.

Tecno

“Menimcha, yaqin orada UEFA “Gazprom” bilan evrokuboklarga homiylik qilish haqidagi kelishuvni bekor qiladi. Navbatdagi o‘yin kuniga qadar shunday bo‘ladi deb o‘ylayman”, - deb yozdi Utkin o‘zining telegramdagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA rahbariyati joriy siyosiy vaziyat tufayli Chempionlar ligasi finalini Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirishga qaror qilgan edi. Rossiya va Ukraina jamoalari rejalashtirilgan barcha xalqaro o‘yinlarni neytral maydonda o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!