Uchrashuvni barbod qilgan Kazemiro aybni boshqalardan qidiryapti

  • 4 sentabr, 2024, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining uchinchi turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Manchesterliklarning darvozasiga kiritilgan uchta goldan ikkitasi braziliyalik legioner Kazemironing xatolari tufayli yuzaga keldi. Shundan so‘ng uning o‘rniga  tanaffusda boshqa o‘yinchini maydonga tushirishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kazemiro jamoada o‘zini noqulay his qilayotganidan nolimoqda. Tajribali futbolchiga bosh murabbiy Erik ten Xag qo‘llayotgan yangi taktik sxemalar umuman yoqmagan.

Yangi mavsumda Kazemiro uchta uchrashuvda qatnashib, ularning birortasida o‘zini ko‘rsata olmadi. Yozda bu charm to‘p ustasi Saudiya Arabistoniga ketishi aytilgandi. Biroq transfer amalga oshgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!