
Uchalang Manchesterdan aniq ketasan!
Mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Manchester Yunayted” rahbariyati klubni birinchi bo‘lib tark etadigan uchta futbolchi nomini rasman e’lon qildi.
Unga ko‘ra, himoyachilardan Viktor Lindelyof va Jonni Evans, yarim himoyasi Kristian Eriksen 30 iyun kuni shartnomasi tugashi munosabati bilan klubdan ketadi. Asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan bu yulduzlarga yangi bitim berilmaydi.
Jamoaga 2017 yili “Benfika”dan olib kelingan shvetsiyalik Viktor Lindelyof manchesterliklar safida jami 284 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Jonni Evans klub bilan ikkinchi bor xayrlashyapti. Tajribali o‘yinchi manchesterliklar safidagi o‘yinlari sonini 241 taga etkazib oldi.
Kristian Eriksen “Manchester Yunayted”da 108 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 18 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar