
Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi oktyabr oyida jang qiladi
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganov, O‘zbekiston chempionlari Ulug‘bek Mubinov, Odiljon Aslonov hamda Osiyo chempionati sovrindori Shukurjon Rahimov professional yo‘nalishda Rossiyaning "Patriot" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Bokschilarimizning murabbiyi Ravshan Xo‘jaevning ma’lum qilishicha, ularning navbatdagi janglari oktyabr oyiga reja qilinmoqda. O‘rta vaznda Odiljon Aslonov (2-0, 1KO) va birinchi engil vaznda (59 kg) Shukurjon Rahimov bir kechada, yarim og‘ir vaznda (79 kg) Rustam To‘laganov (3-0, 1KO) boshqa bir jang oqshomida ringga ko‘tariladi. Aniq sana va raqiblar bo‘yicha hozircha ma’lumotlar yo‘q. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring.
Fikrlar