
Uch nafar karatechimiz Osiyo chempionati oltin medallarni qo‘lga kiritdi
Biroz avval kumite bo‘yicha yakkalik bellashuvlarida barcha final janglari o‘tkazildi.
Quvonarlisi, oltin medal uchun tatamiga chiqqan to‘rt vakilimizdan uch nafari qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalchilarimizdan Bahriniso Babaeva (-50 kg), Sadriddin Saymatov (-60 kg) hamda Nodira Jumaniyozova (-68 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova (-55 kg) kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg) hamda Javohirbek Abdusattorov (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.
Shu tariqa terma jamoamiz vakillari kumite bahslarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham jamg‘arishdi. Ertaga jamoaviy yo‘nalishdagi janglar o‘tkaziladi.
Fikrlar