
Uch futbolchimiz Misrga qarshi uchrashuvda sariq kartochka olsa, keyingi turni o‘tkazib yuboradi
Kecha to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi olimpiada o‘yinlariga rasman start berildi.
Deyarli har kuni vakillarimiz ishtirokidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bugungi kungi bahslar orasida ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lib turgan futbol bo‘yicha O‘ZBEKISTON va Misr o‘rtasidagi qarama-qarshilik oldidan qiziqarli bir jihatni keltirib o‘tamiz.
Ya’ni agar bugun "fir’avn yurti" vakillari bilan o‘yinda quyidagi futbolchilarimiz sariq kartochka olsa, Dominikan Respublikasiga qarshi 3-tur o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Jasur Jaloliddinov, Abdurauf Buriev va Diyor Holmatov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolanidagan bo‘lsa, keyingi turni o‘tkazib yuboradi.
Shuning uchun, mazkur uch futbolchimiz bugungi bahsda ancha extiyot bo‘lib harakat qilishlari kerak bo‘ladi.
Fikrlar