U23 Osiyo kubogi tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qanday masalalar ko‘rildi?

  • 13 dekabr, 2021, 18:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston so‘nggi yillarda Osiyo miqyosidagi bir nechta nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Xususan, keyingi yili 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi ham yurtimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik esa hozirdanoq boshlab yuborilgan.

Tecno

Bugun O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida musobaqa tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yaqin vaqt ichida turnir o‘tkaziladigan stadion, mehmonxona va mashg‘ulot maydonlarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirish hamda ularni OFK talablariga mos holatga keltirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, barcha yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!