
U23 Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston olimpiyachilari Saudiyadan revansh olish uchun saf tortadi
Bugun Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni iordaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam sifatida Ahmad Faysal Muhammad Alali ishlasa, unga qanotlarda Ahmad Mansur va Ahmad Muhammad yordam beradi. Ular O‘zbekiston - Malayziya bahsida ham ishlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da "Khalifa International" stadionida start oladi.
Fikrlar