
U20 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025 yilning fevral oyida Xitoy mezbonlik qiladigan U20 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, marosim 7 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkaziladi.
Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, amaldagi musobaqa g‘olibi O‘zbekiston U20 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan:
1-savatcha
Xitoy (musobaqa mezboni)
O‘zbekiston
Iroq
Yaponiya
2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya
3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg‘iz Respublikasi
4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR
Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa Chilida bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar