
U Ronalduning o‘rnini bosishi mumkin, ammo Messini emas
Angliyalik sobiq futbolchi Gari Lineker frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mutaxassis PSJ futbolchisini Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan taqqosladi.
“Kilian allaqachon dunyo yulduziga aylanib bo‘ldi. Menimcha u Ronalduni o‘rnini bosa oladi, ammo Messini emas. Leo boshqa futbolchilar qila olmaydigan ishlarni qilishga qodir”, - dedi Lineker.
22 yoshli Mbappe o‘tgan mavsum PSJ safida jami 31ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 27ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mbappe ayni paytda Frantsiya terma jamoasi tarkibida “Evro-2020”da ishtirok etmoqda.
Fikrlar