U o‘zi tug‘ilgan shahar shifoxonasiga xayriya qildi

  • 5 aprel, 2020, 14:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines o‘zi tug‘ilib, voyaga etgan Baiya-Blanka shahridagi shifoxonaga katta miqdordagi pulni xayriya qildi.

Tecno

"Infobae" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi tomonidan ajratilgan mablag‘  3350 litr spirt geliga, 100 mingta qo‘lqop va boshqa zarur tibbiy buyumlar sotib olishga sarflangan.

Ma’lumot uchun, 2018 yildan buyon "neradzurrilar" sharafini himoya qilib keladigan Lautaro Martines joriy mavsum jami 31 bahsda ishtirok etdi va 16 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!