
U o‘tgan mavsum "Barselona"ga o‘tishga yaqin edi
"Lill" prezidenti Olive Letang yarim himoyachi Renatu Sanshesga nisbatan bo‘layotgan qiziqish haqida gapirdi.
"Renato o‘tgan mavsum "Barselona"ga o‘tishga yaqin edi. Biroq qandaydir muammolar shartnoma imzolanishiga to‘sqinlik qildi.
Agar odamlar hozir muhokama qilayotgan mavzu haqida gapirsam, PSJ hamon Sanches bo‘yicha hech qanday taklif bilan chiqmagan. Shuni aytishim mumkinki, uning transferiga ayni vaqtda Evropaning gigant klubi qiziqish bildirmoqda", - dedi Letang.
Fikrlar