U O‘runov bilan raqobatlasha olmaydi!

  • 16 oktabr, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko premer-liganing boshqa jamoasiga o‘tishni istamayotgan Mixail Ignatov haqida gapirdi.

Tecno

Mening ishim faqat asosiy jamoani o‘yinga tayyorlash va uchrashuv o‘tkazishdan iborat emas, balki yosh futbolchilarning o‘yin sifatini aniqlashim ham kerak. Ignatov iste’dodli o‘yinchi. Lekin uning pozitsiyasida Oston O‘runov, Aleksandr Kokorin, Nail Umyarov, Aleks Kral va Zelimxan Bakaev o‘ynaydi. Mixail bu raqobatni engib, asosiy tarkibga kirolmaydi.

Men Ignatov boshqa jamoaga o‘tishdan bosh tortayotganiga tushunmayman. Ikkinchi jamoamiz tarkibida Milliy futbol ligasida o‘ynagandan ko‘ra, premer-liganing boshqa klubida to‘p tepgani yaxshi-ku. Bunday o‘yinlar o‘z salohiyatini ochish va iste’dodini sayqallash uchun muhim, - dedi Domeniko Tedesko.

Ignatov “Spartak-2”  tarkibida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uni “Ximki” jamoasi ijaraga olmoqchi edi. Lekin transfer amalga oshmadi.

“Spartak” premer-liganing 11-turida safar uchrashuvida aynan “Ximki”ga qarshi maydonga tushadi.

O‘runov “Ximki”ga qarshi o‘ynaydimi? Tedesko javob berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!