
"U maydondaligida, "Manchester Yunayted" 10 kishi bo‘lib harakatlanyapti"
Angliyalik sharhlovchi Richard Kiz "Manchester Yunayted" hujumchisi Vaut Vegorst haqida fikr bildirdi.
"Agar u maydonda bo‘lsa, "Manchester Yunayted" ko‘pincha 10 kishi bo‘lib o‘ynayapti. Aytmoqchiminki, u asosiy tarkibda harakat qilish uchun munosib emas, shunday emasmi? Qani, insof bilan ayting", - degan Kiz "beIN SPORTS" nashriga bergan intervyusida.
Niderlandiya terma jamoasi a’zosi ijara asosida "Byornli"dan kelib qo‘shildi. Shundan keyin, forvard "qizil iblislar" tarkibida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Fikrlar