U Evropaning eng zo‘r vunderkindlaridan
Bundesliga etakchisi “Bavariya” nemis futbolining yorqin kelajagi sifatida e’tirof etilayotgan Florian Virttsni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda “Bayer” sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli vunderkindning Evropada xaridori ko‘p. Myunxenliklar esa bu o‘yinchini Bundesligada olib qolishga intilmoqda.
Bild nashrining yozishicha, “Bavariya” mutasaddilari Virttsning oilasidagilar bilan uchrashib, yarim himoyachining bo‘lajak transferini muhokama qilgan.
Florianning leverkuzenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha imzolangan. Uning transferi uchun “Bavariya” 70 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Florian Virtts joriy mavsumda Bundesligida 18 ta uchrashuvda beshta gol urib, to‘qqizta golli pas oshirdi.



Fikrlar